Nimaga 8-martda ayollar bayrami nishonlanadi?

— Ma’lumotlarga ko‘ra, “ayol”arabcha so‘z bo‘lib, “oila” kalimasi bilan o‘zakdoshdir. 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami sifatida nishonlanadi.

— 1857 yil 8 mart kunida Nyu-Yorkning poyafzal hamda tikuv fabrikasi ishchi xotin-qizlari manifestga yig‘iladilar. Ular 10 soatlik ish kuni, erkaklar bilan bir xil maosh olishlarini talab qilib chiqadilar.

— 1917-yil fevralning oxirgi yakshanbasida Rossiya ayollari “Non va tinchlik” shiori ostida ko‘chaga chiqdilar. Ushbu 23-fevral kuni Grigorian yilnomasi bo‘yicha 8-martda nishonlana boshlandi.

— 8-mart xalqaro xotin-qizlar kuni 1965 yildan boshlab dam olish kuni deb belgilandi. Shu kunda hukumat tantanali tadbirlarda ayollarga nisbatan davlat siyosatining amalga oshirayotgan ishlari to‘g‘risida hisobot berardi. Asta-sekin ayollarni qadrlash, hurmat qilish va e’zozlash kuni sifatida nishonlana boshlandi.