Nimaga baʼzida oyoqlar «muzlab qoladi»?

— Sovuq ob-havoda inson oyoqlarining sovishi albatta tabiiy jarayon. Ammo issiqda ham baʼzi insonlarning oyoqlari sovuq qotadi. Xoʻsh, buning sababi nima?

— Bilasiz, oyoqlarda mushak tolalari mavjud va ular yogʻ qavati bilan himoyalanmagan. Ularning yagona issiqlik manbai qondir. Tomirlar sovuqdan torayadi, qon oqimi pasayadi, natijada oyoqlari muzlaydi.

— Sog’lig’i normal bo’lgan odamda oyoqlar bir necha sabablarga ko’ra muzlashi mumkin:

  • issiq bo’lsa ham, issiq kiyim kiyish odati tufayli;
  • avtonom nerv tizimining faoliyati buzilishi natijasida;
  • oyoqlarini «bog’lab» uzoq o’tirishdan;
  • ro’za tutish yoki qattiq diyeta vaqtida.

— Agarda oyoqlar doimiy muzlasa, tezda shifokor koʻrigiga borish tavsiya qilinadi. Sababi odatda bu darajaga katta ehtimol bilan jiddiy qon-tomir kasalliklari asos boʻlishidadir.