Nimaga biz tush koʻramiz?
— Deyarli har bir odam tush koʻradi. Lekin hech kim nega tush koʻrishini, uning davomiyligini, vaqtini va ssenariysini oldindan ayta olmaydi. Baʼzida odam tushini eng mayda detallarigacha eslab qoladi, baʼzida esa tush koʻrganini biladiyu, lekin unutib qoʻyadi. Xattoki, olimlar ham bu borada kelisha olmaydi: baʼzilari tushlar keraksiz va maʼnosiz desa, baʼzilari tushlarning sabablari va vazifalari bor deb hisoblaydi.
— Tush miyaga axborotni bir qismdan boshqa qismga oʻtqazib, ularni “yozib olish” va kerak boʻlganda tiklash uchun yigʻib qoʻyishga vaqt beradi. Izlanishlar yana shuni ham koʻrsatdiki, xotiralar miya poʻstiga berilishidan oldin, gippokamp butun kunda oʻtgan voqealarni qayta shakllantirar ekan, baʼzida oxiridan boshiga qarab.