Nimaga chips idishining yarmi havoga toʻla boʻladi?
— Chips yeb koʻrganingizda, hech idish ichidagi havoga eʼtibor qilganmisiz? Aslida bu havo emas, balki azot gazidir. Bu albatta chipsning ogʻirligini oshirib, narxini koʻtarish uchun oʻylab topilmagan.
— Mutaxassislarning taʼkidlashicha azot gazi chipslarni yana uzoq muddat qarsildoq boʻlishini yaʼni yaxshi saqlanishini taʼminlaydi. Yana shuni maʼlum qilishimiz kerakki, ushbu azotning inson sogʻligiga zarari yoʻq.