Nimaga daraxtlar tabiatni va havoni tozalaydi?

— Daraxtlar fotosintez jarayoni orqali havodan karbonat angidrid (CO₂) ni so’rib olishadi. Bu jarayonda daraxtlar quyosh nuri yordamida karbonat angidridni kislorodga aylantiradi va kislorodni havoga chiqaradi. Shu bilan birga havoga zarar beruvchi moddalarni , ozon, shu kabi boshqa zararli gazlarni barglari va shoxlari orqali filtrlaydi.

— Yana shuni aytishimiz mumkinki Daraxt ildizlari tuproqni ushlab turishi natijasida tuproq sifatini yaxshilashga va havoning toza bo’lishiga hissa qo’shadi.