Nimaga do‘stlar bilan vaqt tez o‘tib ketadi?

— Tadqiqotlarga ko‘ra, odam vaqtni sub’ektiv ravishda his qiladi. Agar biror kishi zerikkan bo‘lsa, vaqt sekinroq o’tadi, lekin qiziqarli faoliyatlarda vaqt qisqarib ketgandek tuyuladi. Do‘stlar bilan vaqtni qiziqarli o‘tkazish bu holatning asosiy sabablaridan biri.

— Do‘stlar bilan bo‘lish stressni kamaytiradi va organizmda «baxt gormoni» oksitotsin va dopamin ishlab chiqaradi. Ushbu gormonlar miya faoliyatiga ijobiy ta’sir qiladi va vaqtning o‘tishini sezmaslikka olib keladi.