Nimaga Kosta-Rika davlati shunday nomlangan?

— 1502 — yilda Kolumb ekspeditsiyasi noma’lum qirg’oqqa tushib, bo’yniga oltin tumor taqgan mahalliy hindularga duch keldi. Bu yerda oltin konlari bor deb o’ylagan ispanlar, o’zlarining kashfiyotlarini «boy qirg’oq» degan ma’noni anglatuvchi Kosta-Rika nomi bilan atashdi. Keyinchalik ma’lum bo’ldiki, Kosta-Rika qirg’oqlarida tabiiy boyliklar juda kamyob ekan.