Nimaga koʻzlar qizaradi?

— Ko’zlarning qichishi va qizarishi tez-tez uchraydi. Ko’zlar ko’z olmasining yuzasida joylashgan kichik qon tomirlarining kengayishi tufayli qizaradi.

— Agar koʻzingiz qizarsa, unda qichishish yoki og’riq his qilsangiz, birinchi navbatda ko’zda begona jism – qum zarrasi, soch yoki kiprik borligini tekshiring. Agar bunday narsalarni topa olmagan bo’lsangiz, unda har qanday holatda ko’zingizga tegmang, aks holda alomatlar kuchayadi. Bu holatda eng maʼqul yoʻl — darhol shifokor qabuliga borishdir.