Nimaga o’zingizni boshqalar bilan taqqoslamasligingiz kerak?
Ko’pincha insonlar muvaffaqiyatni raqamlar, maosh va yutuqlar bilan o’lchashga o’rganib qolgan. Ammo, shuni esda tutish kerakki, har kimning o’z yo’li bor va u boshqalarnikidan farq qilishi mumkin.
Nimaga insonlarni taqqoslash aldamchi tushuncha?
— Turli hikoyalar: Insonlar boshdan kechirgan tajribalar va qiyinchiliklar turlicha. Bir kishiga mos keladigan holat boshqasiga mos kelmasligi mumkin.
— Turli maqsadlar va orzular: Muvaffaqiyat — subyektiv tushuncha. Kimdir uchun bu moliaviy erkinlik, kimdir uchun ijodiy erkinlik va yana kimlargadir baxt ulashish.
— Bosim: Taqqoslash orqali insonga ortiqcha stress va noto’g’ri qarashlarni singdirib qo’yishingiz mumkin. Har bir insonni o’zi yurishi kerak bo’lgan hayot yo’lagi mavjud.
— O’ziga bo’lgan ishonchni tushirish: Bir insonni muvaffaqiyatini ko’rib, sizga yutuqlaringizni kichikdek tuyulishi mumkin. Unutmang, ijtimoiy tarmoqlardagi mashinalar, uylar shunchaki illyuziya bo’lishi mumkin, tanganing boshqa tomoniyam albatta bo’ladi.