Nimaga quyosh nuri inson organizmi uchun zarur?

— Quyosh nuri inson terisida D vitaminining sintezini ta’minlaydi. Uning asosiy vazifalaridan suyaklarning sog’lom bo’lishini ta’minlash maqsadida kalsiy va fosforning so’rilishini yaxshilashidir.

— Quyosh nuri ba’zi teri kasalliklariga qarshi kurashishda ham yordam beradi. Masalan, psoriaz va ekzema kabi kasalliklarni davolashda quyosh nuri foydali bo’lishi mumkin.