Nimaga sovchilar kelinlikka nomzodga suv ichirishgan?

— Turkiy xalqlarda shunday qiziq odat boʻlgan-ki, ayol sovchilar sovchilik tashrifi vaqtida kelinlikka nomzod qizga 1 kosa suvni ichirishgan. Bu bilan ular qizda boʻqoq xastaligi mavjud-mavjudmasligini tekshirishgan.

— Suv ichish jarayonida bosh yuqoriga koʻtarilganligi va suvni yutish jarayoni sababli bu jarayonda kishida boʻqoq borligi yoki yoʻqligi koʻrinadi.