Nimaga «SPAM» shunday nomlangan?

— Dastlab Spam so’zi Hornel Foods kompaniyasining konservalangan ovqatlaridan birining nomi edi. Amerikalik firma o’z reklamalarini shu darajada keng qamrovli qildiki, ko’plab shahar aholisi gazeta muharrirlariga shikoyat qilib, SPAM tushonkasining e’lonlari hamma joyni eggalagani tufayli nashrdagi xabarlarni o’qish imkonsiz ekanligini bildirishgan.

— Ushbu tijorat muvaffaqiyatining salbiy tomoni shu bo’ldiki har qanday majburiy va yaxshi sifatga ega bo’lmagan narsalar SPAM deb nomlana boshladi. SPAM nomi avval reklama mutaxassislarining jarayoniga, so’ngra Internet muhitiga ko’chib o’tdi.