Nimaga xirurglar odatda yashil rangli xalat kiyishadi?

Dastlab xirurglar tozalik ramzi bo‘lganligi uchun oq rangli xalat kiyishgan. Lekin XX asr boshlarida bir xirurg yashil kiyim kiyadi. Uning fikricha, yashil rang doimiy bosim ostida bo‘lgan insonlarning ko‘zlariga boshqacha tuyuladi.

— Yashil rang qizil rangga zid hisoblanadi. Xirurglar qon bilan ishlashadi. Qon esa qizil rangda. Oq fondagi qizil rangga ko‘p qarash ko‘zni charchatadi. Shuning uchun ham xirurglar yashil kiyim kiyishadi.

Добавить комментарий