Nimaga yangi tug’ilgan chaqaloqlar ko’z yoshisiz yig’lashadi?
— Yangi tug’ilgan chaqaloqlarda, hayotning birinchi oyida tizimlar va organlar faol rivojlanayotgan bo’ladi. Biroq, ularning rivojlanishi bir vaqtning o’zida sodir bo’lmaydi, shuning uchun onalar bir muncha vaqt bola yig’layotganida ko’z yoshlari oqmayotganini payqashlari mumkin.
— Ko’z yoshi kanallari faqat bir yarim oydan so’ng ishlay boshlaydi. Ba’zi hollarda, birinchi ko’z yoshlari tug’ilgandan uch hafta o’tgach ham paydo bo’lishi mumkin, barchasi chaqaloqning individual rivojlanishiga bog’liq.