Nishab, daryo nishabi

Nishab, daryo nishabi — oqar suvlarning, daryolarning boshlanish yeri bilan quyar joyi orasidagi yoki ayrim qismlari orasidagi balandlikning daryo uzunligiga yoki o`sha qismi uzunligiga nisbati; masalan, daryo boshlanish joyi dengiz sathidan 300 m balandda, quyar joyi 0 m, daryo uzunligi 70 km bo`lsa, daryoning nishabi 300 m: 70 km=4,28 m/km. Tekislik daryolari nishabi kichik tog` daryolariniki katta bo`ladi.