Nisholda
Nisholda — shirinlik turi. Tayyorlash usuli: sirli idishga shakar va suv solib qaynatib, qiyom tayyorlanadi va sovitiladi. Etmak (beh) o’simligining ildizi tozalanadi va maydalab suvda qaynatiladi. Etmak qaynab chiqqandan so’ng, suvni dokadan o’tkazib, mis qozon (yo sirli kostryulka)ga solib bir oz sovitiladi, buning ustiga tuxumnsh oqi qo’shiladi va chilcho’p bilan aralashtiriladi. Hosil bo’lgan oq ko’pikka oz-ozdan qiyom quyiladi va chilcho’p urish uzoqdavom ettiriladi. Ta’mini yaxshilash maqsadida qiyomga limon kislota va vanilin qo’shiladi. Nisholdada kristallashgan shakarning qumoqlashuvi va qiyomning ko’pikdan ajralmasligi Nisholda tayyor bo’lganini ko’rsatadi. Tayyor bo’lgan Nisholdaning rangi oppoq bo’lib, maxsus yog’och kurakchani botirganda cho’zilib chiqadi.