Nishxo’rd

Nishxo’rd — hayvonlarga berilgan yem-xashak qoldig’i, chiqit. Hayonlar kontsentrat ozuqalardan (yorma holdagi don va don chiqindilari, kepak, kunjara va shrotlardan), odatda, Nishxo’rd qoldirmaydi. Nishxo’rd ko’k o’tlar, silos, senaj, pichan, poxol va to’ponlardan qoladi. Bunday ozuqalardan chiqadigan Nishxo’rd miqdorini ularga ishlov berib yedirishga tayyorlash (ivitish, bug’lash, maydalash, mineral qo’shimchalar aralashtirish va boshqalar) yo’li bilan kamaytirish mumkin. Nishxo’rdni kamaytirishning yana bir yo’li ttichanlardan donador ozuqalar va briketlar tayyorlashdir. Briket bilan boqilgan qoramollarda Nishxo’rd chiqarish 4% dan oshmaydi.