Nitrobenzol

Nitrobenzol, C6H5NO2 — sarg’ish-yashil moysimon suyuklik, achchiq bodom hidi keladi. Molekulyar modda 123,11. Suyuqlanish temperaturasi 5,85°, qaynash temperaturasi 211°, zichligi 1,2037 g/sm3. Kimyoviy xossalariga ko’ra, aromatik nitrobirikmalarning yaqqol vakili. Suvda oz eriydi, dietil efir, benzol bilan har qanday nisbatda aralashadi, boshqa organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Sanoatda Nitrobenzol benzolni kontsentrlangan HNO3 va H2SO4 aralashmasi bilan uzluksiz nitrolash yo’li bilan olinadi. Anilin, tarkibida azot tutgan aromatik birikmalar (Masalan, benzidin, xinolin, azobenzol) ishlab chiqarishda xom ashyo, tsellyuloza efirlari uchun erituvchi, organik buyagichlar va boshqalar olishda boshlang’ich mahsulot sifatida qo’llanadi. Nitrobenzol zaharli. Teri orkali shimiladi, Markaziy nerv sistemasiga kuchli ta’sir qiladi, moddalar almashinuvini izdan chiqaradi, qondagi gemoglobinni oksidlab, metgemoglobinga aylantiradi.