Nog’ora va bayroq
Nog’ora va bayroq — qadimda turkiy xalqlarda hokimiyat belgisi, ramzi. Nog’ora va bayroqni olgan shaxs ma’lum mamlakatning oliy hukmdori deb tanilgan. Masalan, Amir Temur 1370 yil Balx hokimi Amir Husaynga qarshi qo’shin tortib borayotganda, Termiz yaqinidagi Biyo qishlog’ida makkalik shariflardan sayyid baraka unga oliy hokimiyat, saltanat ramzi katta nog’ora — tabl va yalov — bayroq tortiq qiladi. Barokxon 1423— 27 yillarda ulug’ Muhammad ustidan g’alaba qilib, oq O’rdada hokimiyat tepasiga kelgach, Ulug’bek unga qimmatbaho sovg’alar, shuningdek, Nog’ora va bayroq yuborganligi ma’lum.