Nordizm

Nordizm (nemischa Nord-shimol)-irqchilik ko’rinishlaridan biri. Nordizm g’ayriilmiy nazariya bo’lib, uning asosida “shimoliy” (nord) yoki “ariy” irqi insoniyatning boshqa irqlaridan ustun ekanligi haqidagi da’vo yotadi. Nordizm asoschilari fransuz sotsiologlari J.A.Gobino va J.V.Lapuj hisoblanadi. Nordizm maddohlari “shimoliy” va “german” irqlarini teng qo’ygan, german irqini “oliy” irq hisoblab, tsivilizatsiyaning barcha yutuqlari uchun insoniyat “oliy” irqdan minnatdor bo’lishi kerak deb da’vo qilgan. Germaniya fashizm nazariyotchilari Nordizmni o’z rasmiy mafkurasiga aylantirgandi.