NORFOLK

NORFOLK — AQShning shimoliy-sharqiy qismidagi shahar. Atlantika okeani sohilida, Virginiya shtatida. Aholisi 234,4 ming kishi (2000). Xempton-Rode qo’ltig’i sohilidagi port. Kemasozlik (jumladan, harbiy kemalar), neftni qayta ishlash, tayyor qismlardan avtomobil yig’ish, kimyo, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Mineral o’g’itlar ishlab chiqariladi. Harbiy dengiz bazasi. Shaharga 1688 yilda asos solingan.