NORMANDIYA OROLLARI

NORMANDIYA OROLLARI — La Mansh bo’g’ozidagi bir guruh orollar, Normandiya sohillari yaqinida, Buyuk Britaniya tarkibida. Maydoni 196 kilometr kvadrat. Ikkita yirik (Gernsi va Jersi) va bir qancha mayda orollardan iborat. Granit va gneyslardan tarkib topgan. Eng baland joyi 148 metr. Iqlimi mo’tadil iqlim. Baliq ovlash, gulchilik, sabzavotchilik rivojlangan. Iqlim kurortlari bor. Sent-Xelier porti — yirik moliyaviy markaz.