NORMATIV (ME’YORIY) IQTISODIY NAZARIYA
NORMATIV (ME’YORIY) IQTISODIY NAZARIYA — iqtisodiy nazariyaning bir qismi, alohida firma va davlatning iqtisodiy siyosatini amalga oshirish uchun amaliy yo’riqlar ishlab chiqiladi. Birinchi marta A.Smit iqtisodiyot nazariyasi vazifalarini asoslaganda, ushbu atamani muomalaga kiritgan.