Nortrop

Nortrop (Northrop) jon Xouard (1891.5.6, Yonkers, Nyu-York shtati — 1987.27.5) — amerikalik biokimyogar olim. Kaliforniya universiteti professor (1949 yildan). Ilmiy ishlari fermentativ reaktsiyalar kinetikasi va mexanizmi hamda fermentlar xossalarini o’rganishga oid. Ilk bor sof kristall holdagi pepsin enzimi (1930), tripsin (1932) va boshqalarni, shuningdek, difteriyaga qarshi antitoksinni (1941) ajratib olgan. Nobel mukofoti laureati (1946, U.M.Stenli bilan hamkorlikda).