Norvegiya dengizi
Norvegiya dengizi — shimoliy Muz okeanining chekka dengizi. Skandinaviya yarim oroli bilan Shetlend, Farer, Irlandiya, Yan-Mayen, Medvejiy orollari oralig’ida. Atlantika okeanidan suv osti tizmasi ajratib turadi. Maydoni 1340 ming km2. Eng chuqur joyi 3970 metr. Iliq oqim o’tganligidan qishda muzlamaydi. Suvining temperaturasi Fevralda 8-12°. Sho’rligi 34-35,2°/oo — suv ko’tarilishi har yarim sutkada takrorlanadi (balandligi 3,3 metrgacha). Baliqqa boy. Asosiy portlari: tronxeym, Tromsyo, Narvik.