Nosirov Hamroqul
Nosirov Hamroqul (1904.2.1, Jizzax tumani — 1978.7.10, Jizzax shahri) — qishloq xo’jalik ishlab chiqarish tashkilotchisi, dehqonchilik amaliyoti novatori, 2 marta mehnat qahramoni (1956, 1978). O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan paxtakor (1966). 1944 yildan Jizzax tumanidagi «Moskva» shirkat xo’jaligining (hozirgi H. Nosirov nomidagi jamoa xo’jaligi) raisi. Nosirov rahbarligida jamoa xo’jaligi ilg’or, iqtisodiy baquvvat Paxtakor, chorvador xo’jalikka aylandi, paxtadan 40 ts/ ga dan oshirib hosil, sog’in sigirlarning har biridan 4000 litrdan ortiq sut olindi. Ko’plab turar joylar, jamoat, madaniyat-ma’rifat binolari, Hamid Olimjon muzeyi, xo’jalikning «shon-Shuxrat» muzeyi qurildi. Aholi gaz, ichimlik suvi bilan to’la ta’minlandi. Shirkat xo’jaligi markazida Nosirovning byusti o’rnatilgan.