NOSIROV MANSUR MAHMUDOVICH

NOSIROV MANSUR MAHMUDOVICH (1936.12.6, Samarqand viloyati, Oxunboboev qishlog’i) — kulol. O’zbekiston Respublikasi sanyutarbobi (1998). Samarqand universitetida ta’lim olgan (1957— 58). Ish faoliyatini (usta Umarqul Jo’raqulov rahbarligida) shahar sanoat kombinatida boshlagan (1944-50). «Qizil Sharq» artelidagi sandiqsozlik tsexida bezatuvchi rassom (1951-53), Samarqand badiiy fondining kulolchilik tsexida (1963-93), Umarqul Jo’raqulov nomidagi «Usto» birlashmasida (1993 yildan) kulol-usta. «Bibixonim», «Go’ri Amir», «Shohizinda» kabi suvenirlar, «ajdarho», «ko’ra va shamdon» kabi bezakli buyumlar, «Afrosiyob» naqshli shokosa va chash-kalar, milliy uslubda bezalgan o’yinchoqlar, ko’zalar, oftoba, bezakdor relef, gul tuvaklar, laganlar va boshqalar yaratgan. «Samarqand» restorani Interyerini bezashda qatnashgan. Asarlari bilan respublika va xalqaro ko’rgazmalarda ishtirok etgan.