Nov

Nov — 1) kanal, jar, soy va yo’llar ustidan suv o’tkazish maqsadida quriladigan maxsus gidrotexnik inshoot (ensiz, qiya sun’iy kanal, ariqcha). Ilgari charxpalakda chikarilgan suv Nov orqali ekinzorlarga yuborilgan. Nov O’zbekiston hududida qadimdan qo’llanib kelingan. Asosan, yog’och va toshdan ishlangan. Yog’och oqizish novi yog’ochlarni bittalab va ko’plab oqizish, gidroinshootdan o’tkazish uchun mo’ljallanadi. Baliq o’tkazish novi to’siqsiz va qarshi oqimli bo’ladi. Tegirmon toshi va GES turbinalarini aylantirish, mollarga suv berish va boshqa maqsadlarda ishlatiladigan Novlar ham bor; 2) okeanlar ostidagi ko’pincha uzun cho’zilgan chuqur botiqlar. Masalan, Mariana novi, Yava novi va boshqalar.