NOVGARZON DOVONI
NOVGARZON DOVONI — Ohangaron va Farg’ona vodiylarini tutashtirib turuvchi dovon. Qurama tizmasining suvayirg’ich qismida, 2200 metr balandlikda. Novgarzonsoy vodiysida. Dovonning ikki tomonidagi yon bag’irlari archa bilan qoplangan.