No’yon

No’yon-bir tuman (10 ming kishi) qo’shin qo’mondoni. Qadimiy turk va mo’g’ul qo’shinlarida shahzoda va sultonlar no’yon deb atalgan. Masalan, Chingizxonning kichik o’g’li Tuluyxon Ulug’ no’yon, Subutoy Bahodir va Jebelar no’yon deb atalgan. XIV-XVI asrlarda eng nufuzli amirlargina no’yon bo’lgan.