Nubiya cho’li
Nubiya cho’li — Afrikadagi cho’l. Ko’p qismi Sudan hududida, Nil daryosi bilan qizil dengiz oralig’ida. Yer yuzasi platodan iborat bo’lib, sharkdan g’arbga zinapoyasimon pasayib borgan. Sharqida balandligi 1000 metr, g’arbida 350 metr. Eng baland joyi 1240 metr. Qizil dengiz bo’yida kam — bar pasttekislik bor. Qirg’oq yaqinida marjon Orol ko’p. Nubiya cho’lining Sharqiy Femida Nubiya—Arabiston qalqonining qadimgi kristalli jinslari, qumtoshlar yer yuzasiga chiqib qolgan. G’arbiy qismida qumliklar bor. Platoni quruq o’zanlar — vodiylar kesib o’tgan. Yer osti suvlari kam. Yillik yog’in 25 mm ga yaqin. O’rtacha temperatura yanvarda 15°, iyulda 30°. O’simliklari siyrak. Kserofit g’allagullilar, tikanli butalar o’sadi. Aholi buloklar atrofida yatshaydi, chorvachilik bilan shug’ullanadi. Cho’lni temir yo’l va avtomobil yo’llari kesib o’tgan.