Nuevo-Leon
Nuevo-Leon — Meksikaning shimoliy-Sharqiy qismidagi shtat. Maydoni 64,5 ming km2. Aholisi 3,8 million kishi (2000). Ma’muriy markazi — Monterrey shahri. Shtatning g’arbiy va Janubiy qismini Meksika tog’ligi, keng maydonlarni platolar egallagan. Iqlimi tropik, qishi quruq iqlim. O’rtacha oylik temperaturalar 15° dan 28° gacha. Yillik yog’in 300-600 mm. Nuevo-Leon — Meksikaning nisbatan rivojlangan shtatlaridan. Sanoati yetakchi o’rinda (mamlakatda ishlab chiqariladigan sanoat mahsulotining 15%). Foydali qazilma konlariga boy. Sanoatining yetakchi tarmog’i — qora va rangli metallurgiya. Metallsozlik va kimyo sanoatlari ham rivojlangan. Qishloq xo’jaligida chorvachilik yetakchi o’rinda. Paxta ekiladi. Mevachilik rivojlangan. Tsitrus mevalar plantasiyalari bor.