Nuklein kislotalar
Nuklein kislotalar, polinukleotidlar — nukleotidlar qoldig’idan hosil bo’lgan yuqori molekulali organik birikmalar. Nuklein kislotalar tarkibiga qanday uglevod — dezoksiri-boza yoki riboza kirishiga qarab dezoksiribo-nuklein kislota (DNK) va ribonuklein kislota (RNK)larga bo’linadi. Nukleotidlarning Nuklein kislotalardagi ketma-ketligi ularning birlamchi strukturasini belgilaydi. Nuklein kislotalar barcha tirik organizmlarning hujayralarida mavjud bo’lib, irsiy (genetik) informatsiyani saqlash va nasldan-naslga o’tkazishdek eng muhim funktsiyani baja-radi, hujayra oqsillarining bu in-formasiyani voqe qiluvchi sintezi jarayoniga ta’sir ko’rsatadi. Organizmda erkin holda bo’ladi, oqsillar bilan bir kompleks (nukleproteidlar)ni tashkil etadi.