NURIDDIN

NURIDDIN (? -1440) — No’g’ay O’rda xoni (1426-40). Edigey (Idiqu)ning kichik o’g’li. Nuriddin otasi siyosatini davom ettirgan, No’g’ay O’rdaning mustaqilligini mustahkamlash yo’lida ko’p tadbirlarni amalga oshirgan. Uning ismi keyinchalik majoziy ma’no kasb etgan: Nuriddin — No’g’ay O’rdada valiahd (mamlakat g’arbiy qismining harbiy boshlig’i).