NURIDDINOV MUHAMMADXON NURIDDINOVICH

NURIDDINOV MUHAMMADXON NURIDDINOVICH (1948.6.1, Namangan) — rang-tasvir ustasi, O’zbekiston xalq rassomi (2004). Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurti (1968) va Repin nomidagi Leningrad rassomlik, haykadtaroshlik va me’morlik instituti (1976) ni tugatgan. 1976 yildan hozirgi Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituida pedagog, 1998 yildan dotsent. Nuriddinov realizm uslubida ijod qiladi, realistik san’at an’analarini zamon ruhi bilan boyitishga intiladi. «Namangan ohanglari», «kundagi tashvishlar», «Katta Fargona kanali», «Rejissyor O.Abdurazzoqov», jadidlar portretlari turkumi, «Abu Ali ibn Sino» portreti, «Sayid baraka Amir Temurga bayroq topshirmoqda», «Bahor suvlari» va boshqa asarlarida rassomning ijodiy izlanishlari namoyon bo’ldi. Nuriddinov respublika va xorijdagi ko’rgazmalarda ishtirok etgan. O’zbekiston ba Oltin medali bilan taqdirlangan (2003).