NURISTONILAR

NURISTONILAR — Afg’onistonning shimoli-sharqidagi qardosh qabilalar guruhi (kati, vaygallar, ashkuni, prasun), 150 ming kishi (1990-yillar o’rtalari); Pokiston bilan qo’shni rayonlarda (10 ming kishi) ham yashaydi. Nuriston tillarida so’zlashadi. Dindorlari — sunniy musulmonlar.