Nurota qal’asi
Nurota qal’asi — Nurotadagi qal’a xarobasi (taxminan 5-6-a.lar); tog’ning etak qismida joylashgan. Asli nomi Nur, xalq uni hurmatlab, «ota» so’zini qo’shib ataydi. Qal’ada katta buloq bor, atrofda undan boshqa oqar suv yo’q. Suv boshiga egalik qilib, dushman qamaliga bardosh berish maqsadida qadimda buloq ustiga paxsadan qal’a qurilgan. U bir necha marta ta’nurota qal’asi ta’mirlangan. Qal’aning ichida bulok, boshiga tushib suv olinadigan maxsus yo’l bo’lgan. Qal’aning tepasi baland qirlik bo’lgani uchun dushmanni kuzatish maqsadida qirning tepasiga mo’la (burj) qurilgan. Mo’la bilan qal’a orasida yo’lak bo’lib, uning uzunligi 60 metr. Nurota qal’asi qadimdan muhim strategik qal’a va savdo manzili bo’lgan. Nurota qal’asida, keyinchalik Buxoro amirligining Nurota begi turgan.