Nurpeisov Plis Kolgeldievich

Nurpeisov Plis Kolgeldievich (1919, Taxtako’pir — 1945.23.4, Berlin) — 2-jahon urushi qatnashchisi, Gvardiyachi katta leytenant. 1939 yildan armiya safida. Melitopol harbiy aviatsiya bilim yurtini bitirgan. 1943 yildan frontda. 47-gvardiyachi alohida razvedka aviatsiya polki (2-Belorussiya frontining 4-havo armiyasi)ning kuzatuvchiuchuvchisi; razvedka maqsadida dushman tomonga 100 marta jangovar parvoz qilgan. Jumladan, marta kunduzi Berlinga uchgan. 18 avgust (vafotidan so’ng) qahramon unvoni berilgan. Nukus universiteti binosiga yodgorlik lavhasi o’rnatilgan. Taxtako’pir tumanidagi maktab va Xo’jayli pedagogika bilim yurtiga Nurpeisov nomi berilgan.