NURULLAEV ALEKSEY FAYZULLAYEVICH

NURULLAEV ALEKSEY FAYZULLAYEVICH (1953.28. 11, Peshku tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (2004). Lugansk pedagogika institutini tugatgan (1976). 1976 yildan Jondor tumanidagi 2-maktabda tarix o’qituvchisi, maktab direktori o’rinbosari va maktab direktori, 1992 y.dan tarix o’qituvchisi va Jondor tuman tarix-o’lkashunoslik muzeyi direktori.