Nusayriylar, alaviylar
Nusayriylar, alaviylar — shialiktdagi firqalardan birining tarafdorlari. 10-asrda shimoliy Suriyada eng keskin shialar davrasida paydo bo’lgan. Firqaning nomini Muhammad ibn Nusayr an-Numayriy (taxminan 883 yil Basrada vafot etgan) bilan bog’laydilar. Nusayriylarning asosiy aqidasi — Ali ibn Abu Tolibni ilohiylashtirish («alaviylar» nomi shundan), unda Xudoning o’zi mujassamlangan deb ishonishdan iborat. Ularning diniy ta’limoti va ismoiliylarning qarashlariga asoslangan marosimlariga xristian dini va ayrim qadimgi e’tiqodlar ta’sir etgan. Xristianlikdagi muqaddas uchlik kabi, Nusayriylar ham Muhammad, Ali va Salmon al-Forisiyni Xudoning uch xil namoyon bo’lishi deb, ularga e’tiqod qiladilar. Ular Quyosh, oy va yoritqichlarga sig’inadi, erkaklarda jonning ko’chib yurishiga ishonadi. Nusayriylar hajni e’tirof qilmaydi, zakotni boshqa mu- sulmonlar tushungandek belgilamaydi. Xukmron diniy oqimlar tomonidan asrlar davomida ta’qib qilingani sababli Nusayriylar o’z e’tiqodlarini sir tutadi, marosimlarini kechalari, maxfiy ado etadi. Ular namoz, ro’za va boshqalar. Islom marosimlarini ado etmaydilar, ularning masjidlari yo’q. Nusayriylarning asosiy qismini dehqonlar tashkil etadi. Ularning yarmidan ko’pi hozirgi vaqtda Suriyada, taxminan uchdan bir qismi Turkiyada, qolganlari Shimoliy Livanda yashaydi.