Nusxa
Nusxa — 1) tasviriy san’atda — muallifning o’zi yoki biror boshqa rassom tomonidan biror asarni takroran yaratilgan namunasi. Nusxa aslidan ishlanish usuli va o’lchami bilan farq qilishi mumkin; biroq aslining usuli va kompozitsiyasini aynan takrorlashi shart; 2) amaliy san’atda — bir xil qilib yasash uchun tayyorlangan buyum namunasi, naqsh andazasi (axta), qolip. Xalq ustalari ijodiy xayoloti asosida yuzaga keladi, davr taqozosi bilan o’zgarib, yangilanib boradi.