Nyuton suyuqligi

Nyuton suyuqligi — I. Nyutonning qovushqoq ishqalanish qonuniga muvofiq oqadigan qovushqoq suyuqlik. Laminar oqimda h=P/Q qovushqoklikka ega bo’ladi, bunda, R — oqish, siljish tezligi, Q — laminar oqim tezligi gradienti, h — suyuqlik molekulyar tabiatiga bog’liq fizik-kimyoviy doimiy kattalik. Suyuq holatdagi barcha molekulyar moddalar, ularning aralashma va eritmalari (suv, metall eritmasi, tuzlar, shisha va hokazolar) Nyuton suyuqligiga kiradi. R va Q kattaliklari kichik suyuqliklar Nyuton suyuqligi bo’lmaydi, bunday suyuqliklarga polimerlar eritmasi, yumshash temperaturasidagi shisha va hokazolar kiradi.