Obidova Muhabbat Fozilovna

Obidova Muhabbat Fozilovna (1931.18.10, Toshkent) — kimyogar olima. O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (2000). Kimyo fanlari doktori (1974), professor (1976). O’rta Osiyo politexnika institutini tugatgan (1954). O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Kimyo instituti (1957-58) va Polimerlar kimyosi instituti xodimi (1959- 64), O’rta Osiyo neftni qayta ishlash sanoati institutida sektor mudiri (1965-67), laboratoriya mudiri (1967 yildan). Ilmiy ishlari neftni qayta ishlash va neft kimyosi sanoatida ishlatiladigan gidrokreking katalizatorlari sinteziga oid. Obidova rahbarligida vitaminlar va yarim mahsulotlar ishlab chiqarishda uzoq muddat faol ishlaydigan gidrogenlash katalizatorlarining turlari olingan.