Obirahmat g’ori
Obirahmat g’ori — muste madaniyatiga doir qadimgi manzilgoh. Toshkentdan 100 kilometr shimoli-sharqda, Ko’ksuv tizmasi etagidagi Paltovsoyning o’ng qirg’og’ida joylashgan. Obirahmat g’orini A. P. Muhammadjonov va S K. Nasriddinov topgan (1962). R. h. Sulaymonov tekshirgan. Obirahmat g’ori keng yoysimon shaklda bo’lib, eni 20 metrdan ortiq; u quruq va yorug’, sharqiy chekkasidagi qiyadan chuchuk suvli Shalola oqib tushadi. G’orning og’zi Janub tomonga qaragan. Obirahmat g’orida uzoq vaqt davomida hosil bo’lgan 21 madaniy qatlamning umumiy qalinligi 10 metr. Obirahmat g’oridan nayzasimon qurollar, nukleuslar, turli xildagi tosh kesgichlar, ponasimon qurollar, bigizlar topilgan. Topilmalar O’rta Osiyoda tosh davrining eng boy kollektsiyalaridan birini tashkil qiladi.