Obishir g’orlari
Obishir g’orlari — mezolit davriga oid g’orlar. Farg’ona viloyati hududidagi So’x daryosining qadimgi o’zani Obishir soyning o’ng qirg’og’ida joylashgan. O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Tarix va arxeologiya institutining Farg’ona paleolit otryadi 5 ta g’orni tekshirgan (1966). Obishir-1 va Obishir-5 da qazish ishlari olib borgan. Ularning sanasi miloddan avvalgi 8-ming yillikka oid. Obishir-1 ning eni 25,5 metr bo’lib, balandligi 12 metr. G’ordan tosh qadama pichoqlar, mikroplastinkalar, parmalar, bigizlar, qirg’ichlar, nukleuslar topilgan. Obishir-5, Obishir-1 dan 200 metr g’arbda. Uning eni 8 metr, balandligi 10 metr. G’orda 3 ta madaniy qatlam mavjud. Quyi qatlam antik davrga oid, qalinligi 1 — 1,20 santimetr. Undan so’ng qalinligi 30-40 santimetrlik mezolit davriga tegishli qatlam boshlanadi, unda tosh qurollar va hayvon suyaklari ko’plab uchraydi. Uchinchi qatlam ham shu davrga taalluqli bo’lib, qalinligi 3-4 metr. Bu yerda tosh qurollar nisbatan ancha kam. Obishir-5 g’ori yashash uchun qulay bo’lganligidan unda qadimda odamlar yashagan.