Obixingov

Obixingov — Tojikistondagi вaryo, Vaxsh daryosining chap irmog’i. Uzunligi 196 kilometr, havzasining maydoni 6660 km2. 500 ga yaqin katta-kichik irmog’i bor. Obixingov Fedchenko muzligining tarmog’i — garm muzligidan boshlanadi, g’arbiy yo’nalishda oqib, Labitor qishlog’i yaqinida Surxob bilan qo’shilib, Vaxshni hosil qiladi. Obixingov asosan, muzliklarning hamda mavsumiy qor qoplamining erishidan hosil bo’lgan suvlar hisobiga to’yinadi. O’rtacha yillik suv sarfi 225 m3/sek. Jazirama yoz oylarida Obixingovda to’linsuv davri kuzatiladi. Eng katta suv sarfi 1300 m3/sekundgacha yetadi. Oqimining asosiy qismi (80% ga yaqini) may—sentabr oylariga to’g’ri keladi. Daryoda eng kam suvli davr kuz-qishda kuzatiladi.