Obizarang

Obizarang (Dashnobodsoy) — Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi soy, to’polon daryosining chap irmog’i. Uzunligi 58 kilometr, suv to’plash maydoni 330 km2. 60 ga yaqin irmog’i bor. Hisor tizmasining Janubiy tarmog’i — Qoldirg’a tog’larining Janubiy yon bag’irlaridagi buloqlardan boshlanadi. Obizarang mavsumiy qor va yomg’ir suvlaridan to’yinadi. Obizarangda 1928 yildan gidrologik kuzatishlar yo’lga qo’yilgan. O’rtacha yillik suv sarfi 3,5 m3/sek. O. oqimining 80-85% mart—iyun oylariga to’g’ri keladi, aprel—may oylarida o’rtacha oylik suv sarfi 25 m3/sekundgacha yetadi. Obizarangda tez-tez sel toshqinlari ham kuzatilib, suv sarfi 100 m3/sekund ortadi. Yozning oxiri va kuzda quyi oqimida o’zani quruq bo’ladi. Obizarang suvi, asosan, sug’orishga sarflanadi.