OBJAZ
OBJAZ — Qurama tizmasining shimoliy-g’arbiy qismidagi dovon. 2216 metr balandlikda, Ohangaron daryosi chap irmog’i Objazsoyning boshlanish qismida joylashgan. Ohangaron va Farg’ona vodiylarini tutashtirib turadi. Dovondan apreldan oktabrgacha chorva mollarini haydab o’tishda foydalaniladi.