Objazsoy
Objazsoy — Toshkent viloyatidagi soy. Qurama tizmasining shimoliy-g’arbiy yon bag’ridan boshlanadi. Ohangaron daryosining chap irmog’i. Yuqori oqimida Sariqtoshsoy deb ataladi. Uzunligi 24 kilometr, havzasining mayd 140 km2. Soy Objaz dovonidan 3,5 km Janubi-g’arbda bir qancha mayda buloqlardan oqib tushadi. Qor, yomg’ir va buloklardan to’yinadi. O’rta va quyi oqimida vodiysi keng, yon bag’irlari yotiq. O’rtacha yillik suv sarfi 0,61 m3/ sek., Fevralda 2,9 m3/sekundga yetadi. 20 dan ortiq mayda irmog’i bor, eng yirigi — Qirqqizsoy.