Obodon
Obodon — Eronning Janubiy-g’arbiy qismidagi shahar. Huziston ostonida, Shatt ul-Arab daryosi bo’yida, Fors qo’ltig’i qirg’og’idan 50 kilometr ichkarida. Aholisi 206,1 ming kishi (1997). Okean kemalari kira oladigan port. Yiliga 30 million tonna neftni qayta ishlab beradigan yirik zavod, neft-kimyo korxonasi bor. Neft konlaridan o.ga neft quvurlari o’tkazilgan. Obodon orqali chetga neft va neft mahsulotlari chiqariladi. Neft instituti, xalqaro ahamiyatga ega aeroport bor.